Qonunçilik palatasining 2021 yil 3 fevral kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida deputatlar voyaga yetmagan şaxslar manfaatlarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş, ularni majburiy mehnatga jalb qiliş hamda voyaga yetmaganlardan şahvoniy maqsadlarda foydalaniş holatlariga çek qöyiş, bunday harakatlarni sodir etganlarning javobgarligini sözsiz ta'minlaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini körib çiqdilar.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Parlament quyi palatasida joriy etilgan amaliyotga muvofiq qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qiliş uçun boş prokurorning birinçi örinbosari A. Xolmaxmatov ma'ruza bilan çiqib, uni konseptual jihatdan asoslab berdi.
Ta'kidlanganidek, Jinoyat kodeksi ön olti yoşdan ön sakkiz yoşgaça bölgan şaxsning ön sakkiz yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan holda unga moddiy qimmatliklar beriş yoki uni mulkiy manfaatdor etiş orqali u bilan jinsiy aloqa qiliş yoki jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş uçun javobgarlikni belgilaydigan modda bilan töldirilmoqda.
Şu bilan birga, mazkur jinoyat obekti sifatida ön sakkiz yoşga tölmagan şaxs normal va axloqiy rivojlanayotgani inobatga olinib, jinoyat sub'yekti yoşini 18 yoşdan belgilaş taklif etilmoqda.
Qonun loyihasining yana bir muhim jihati şundaki, voyaga yetmagan şaxslar manfaatlarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş, ularni majburiy mehnatga jalb qiliş holatlariga çek qöyiş maqsadida Jinoyat kodeksiga voyaga yetmagan şaxsni mehnatga biron şaklda ma'muriy tarzda majburlaganlik uçun töğridan töğri jinoiy javobgarlikni belgilovçi özgartiriş kiritilmoqda.
Şuningdek, Jinoyat kodeksida voyaga yetmagan şaxsni Özbekistonda ğayriqonuniy jamoat birlaşmalari va diniy taşkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnaşişga undaş uçun jinoiy javobgarlik, şu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksiga qöşimça kiritilib, mazkur jinoyatning tergovi içki işlar organiga tegişli ekani belgilanmoqda.
Deputatlarning fikriça, qonun qabul qilinişi majburiy mehnatga töliq çek qöyilişiga, voyaga yetmagan şaxslarning manfaatlarini ta'minlaşga, bu borada Özbekistonning xalqaro majburiyatlari bajarilişiga va şu tariqa davlatning turli baholaş indekslaridagi reytingi kötarilişiga xizmat qiladi.

















