Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyat IIBning katta tergovchisi va hibsxona boshlig‘i 12 ming dollar bilan ushlandi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming AQSh dollari bilan qo‘lga olindi.
«O‘zbekiston 24» telekanalidagi xabarga ko‘ra, ular o‘zaro kelishgan holda JKning 1412- va 182-moddalari bilan ayblanayotgan fuqaroga sud idoralaridagi mansabdor shaxslar orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini aytib, evaziga 12 ming AQSh dollari talab qilishgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda tergovchi va hibsxona boshlig‘i so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 1412-moddasi shaxsga doir ma'lumotlar, 182-moddasi esa bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Andijon viloyat avtomobil yo‘llari boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i 300 dollar, Shahrixonsoy irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i 500 dollar bilan qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid
16:34 / 04.05.2026
Andijonda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi
08:58 / 03.05.2026
Toshkentda profilaktika inspektori jinoyat ishi qo‘zg‘atish evaziga 10 ming dollar olayotganida ushlandi
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
08:01 / 27.04.2026