“Qorakölçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga köra, 2021 yil 1 martgaça qorakölçilik klasterlariga qişloq xöjaligida foydalanilmayotgan suğoriladigan yerlarni foydalanişga kiritiş şarti bilan ozuqalar yetiştiriş uçun yer maydonlari ajratiladi.
Şunga köra, 2021 yil 15 fevralgaça 100 milliard söm mablağlari “Turonbank” ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi.
Mazkur mablağlar Respublika “Qorakölçilik” uyuşmasi a'zolariga 3 yil muddatgaça, şu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 2 foizlik bank marjasini qöşiş orqali hisoblanadigan stavka böyiça kredit sifatida taqdim etiladi.
Qarorga köra, 2024 yil 1 yanvargaça Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hamda Örmon xöjaligi davlat qömitasi tomonidan Qömitaga ijaraga berilgan yaylovlar uçun belgilangan yer soliği stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Şuningdek, nasldor qöy va eçkining, şu jumladan qoraköl zotli qöylarning xorijiy davlatlardan import qilingan har bir embrioniga respublika budjeti mablağlari hisobidan 400 ming söm miqdorida subsidiya taqdim etiladi.
2021 yil 1 apreldan Uyuşma a'zolariga özlari tomonidan import qilingan qöy boş sonining 50 foizidan oşmagan qismini tirik va xom göşt körinişida eksport qilişga ruxsat etiladi.












