O‘zbekiston | 16:35 / 12.02.2021
53612
2 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Matlubov IIV Akademiyasi rahbarligidan ketdi. Uning o‘rnini vazir o‘rinbosarlaridan biri egalladi

Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari, general-leytenant Bahodir Matlubov IIV Akademiyasi rahbarligini tark etdi.

«Bahodir Ahmedovich Matlubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilsin», deyiladi prezident farmonida.

Hozircha uning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

Prezidentning boshqa farmoniga ko‘ra, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov IIV Akademiyasining yangi rahbari etib tayinlangan.

Rustam Xatamov (o‘rtada)

«Rustam Abdug‘aniyevich Xatamov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilsin», deyiladi farmonda.

  • General-leytenant Bahodir Matlubov 2006-2013 yillarda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bo‘lgan, 2013 yil dekabrida nafaqaga chiqqan, 2016 yil dekabrida yana davlat ishiga qaytib, IIV Akademiyasi rahbarligiga tayinlangandi.
  • Polkovnik Rustam Xatamov 2018 yil avgustidan buyon Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid