Milliy matbuot markazida Madaniyat vazirligining Bebaho milliy-madaniy obidalarga zarar yetkaziş holatlarining oldini oliş, ularni asraş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar mavzusiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda iştirok etgan Madaniy meros departamenti boşliği örinbosari Fazliddin Davlatovning ma'lum qilişiça, Hirot şahridagi Navoiy maqbarasi davlat budjetidan qayta ta'mirlanadi.

Ma'lum qilinişiça, 2020 yil 14 dekabrda Vazirlar Mahkamasi buyruğiga asosan taşkil qilingan delegatsiya Afğonistonning Hirot şahriga taşrif buyurgan.

Sardor Umrzoqov boşçiligidagi delegatsiya Hirot şahridagi mutafakkir Alişer Navoiy maqbarasini közdan keçirgan. Bu yerda amalga oşiriladigan obodonlaştiriş işlari, masjid qurilişi loyihasi işlab çiqildi va tasdiqlandi. Ayni paytda Afğoniston tomoni bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Maqbarani qayta ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlari Özbekiston tomonidan amalga oşiriladi. Uşbu mablağ davlat budjetidan ajratiladi. Mablağ Hirot şahri hokimiyatiga ötkazib beriladi va işlar Afğonistondagi notinç vaziyatni e'tiborga olgan holda öşa yerdagi quriliş firmalari tomonidan amalga oşiriladi. Özbekiston tomonidan nazorat işlari olib boriladi.