Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosiga qarşi kuraşişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyihada Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar töğrisidagi ma'lumotlarning yagona axborot bazasini yuritiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, loyiha bilan Içki işlar vazirligi Boş prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagi imkoniyatlarni öz içiga oluvçi odam savdosi sohasidagi jinoyatlar töğrisidagi ma'lumotlarning yagona axborot bazasini joriy etişi belgilanmoqda:
- yagona markazlaştirilgan axborot tizimiga ma'lumotlar onlayn rejimida kiritilişi;
- odam savdosiga qarşi kuraşiş sohasida zarur axborot oliş uçun elektron tartibda masofadan turib foydalaniş amaliyoti yölga qöyilişi;
- yagona markazlaştirilgan axborot tizimini elektron raqamli imzodan foydalangan holda identifikatsiyalaş tizimi orqali yuritilişi.
Bundan taşqari, uşbu loyiha bilan tasdiqlaş közda tutilayotgan Nizomda yagona markazlaştirilgan axborot tizimini yuritiş tartibi va şakllantiriş manbalari, vakolatli organlar va boşqa organlar tomonidan ma'lumotlarni taqdim etiş va yagona markazlaştirilgan axborot tizimiga ularni kiritiş hamda yagona markazlaştirilgan axborot tizimiga kiritilgan ma'lumotlardan foydalaniş tartibi körsatilmoqda.
Qayd etilişiça, mazkur loyihaning qabul qilinişi odam savdosiga qarşi samarali kuraşişni ta'minlaş, odam savdosi bilan şuğullanuvçi şaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlaş va unga çek qöyiş, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qiliş hamda tegişli axborotni tizimlaştirişga xizmat qiladi.

















