Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga taşrifi doirasida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişdagi mavjud muammolar va ularni hal etiş yuzasidan mahalliy boşqaruv organlariga bir qator topşiriqlar berilgandi. Ana şu topşiriqlardan bir neçtasi hali ham töliq bajarilgan emas.

Xususan, mazkur taşrif doirasida ötkazilgan yiğiliş bayonining 25-qismida quyidagi band bor:

«Oqdaryo va Payariq tumanlarini boğlovçi Çovka qişloğidagi «Oqdaryo» daryosi ustidan ötuvçi sel oqibatida avariya holatiga kelib qolgan köprikni qayta tiklaş».

E'tibor bergan bölsangiz, topşiriqda köprikni aynan qayta tiklaş közda tutilgan. Sababi şundaki, 2008 yilda köprikni sel yuvib ketgaç, Oqdaryo tumani markazi va qator qişloqlari aholisi Payariq tumaniga ötiş uçun 40 kilometr ortiqça yöl bosişiga töğri kelmoqda. Holbuki, bittagina köprik uzoq yillar davomida qöşni tumanga ötib qaytiş imkonini bergan. 9 yilki, aholi uçun noqulaylik, har qanday transport uçun ortiqça yonilği va ortiqça sarsongarçilik.

«Ikki tuman aholisi qadim yillardan buyon quda-andaçilik, qarindoşçilik riştalari bilan boğlangan, ammo daryoning ustidagi köprik har yili suv toşqini tufayli ikki-uç marta buzilib vayron böladi. Şu sababli bir neça marta köngilsiz voqealar, avtohalokatlar yuz bermoqda. Mahalliy aholi pul yiğib, har safar köprikni tuzatamiz. Lekin mustahkamroq köprik qurişga qurbimiz yetmayapti, hozirgi kunda ham xuddi şu ahvoldamiz. Yaqinda aholi taşabbusi bilan daryo böyidagi yöllarimizga toş tökib, tekisladik, ammo köprik yaroqsiz, transportlar ötolmayapti, minglab yölovçilarimiz, yoş bolalar, qariyalar uşbu muammodan qiynalmoqda», deydi tuman ahli tahririyatga murojaatida.

Oqdaryoliklarning neça yillar davomida qilgan murojaatlari, ommaviy axborot vositalari orqali çiqişlari har holda tegişli idoralarga yetib borib, davlat rahbarining tegişli topşiriği berilganini aytdik. Şundan söng mazkur köprik yonginasida piyodalar uçun osma köprik qurib berilgan, ammo topşiriqda aytilgan köprikni qayta tiklaş amalga oşmay qolib ketgan. Hudud aholisi esa daryo ustidan aynan transport qatnovi tiklanişini istaydi.