Çet davlatlarda istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolari prezident saylovida ovoz beriş uçun özlarini saylovçilar röyxatiga kiritiş töğrisida saylovdan 15 kun oldin yozma şaklda murojaat qilişi mumkin böladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Örinboyeva AOKAda bölib ötgan brifingda ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, amaldagi saylov qonunçiligiga köra, Özbekistonning çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida saylov uçastkalari tuziladi. Saylov uçastkalaridagi saylovçilarning röyxati diplomatik va boşqa vakolatxona boşliqlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida şakllantiriladi hamda çet davlatlarda turgan fuqarolar saylovçilar röyxati bilan tanişiş usuli, joyi va vaqti töğrisida xabardor qilinadi.
«Çet davlatlarda turgan fuqarolar özlarini saylovçilar röyxatiga kiritiş töğrisida saylovdan 15 kun oldin yozma şaklda Özbekistonning diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uçastka saylov komissiyalariga yoki Taşqi işlar vazirligi sayti orqali elektron şaklda murojaat qilişi mumkin.
Özbekistonning çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uçastkalarida ovoz beriş saylov kuni uşbu saylov uçastkalari joylaşgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00dan 20:00gaça ötkaziladi», – deya Adliya vazirligi vakilining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, 2021 yil 8 fevral kuni Özbekiston saylov qonunçiligiga özgartiriş kiritiş nazarda tutilgan qonun qabul qilindi. Qonun bilan kiritilayotgan özgartişlarga köra, prezidentlikka, parlamentga, mahalliy kengaşlarga saylov tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida (2021 yil 24 oktyabrga töğri kelmoqda – tahr.) ötkaziladigan böldi. Bungaça saylovlar dekabr oyida ötkazilar edi.
Şuningdek, yangi tayinlangan Markaziy saylov komissiyasi kotibiyat rahbari Xudoyor Mamatov prezident, parlament va mahalliy kengaşlarning saylov sanasi oktabr oyiga köçirilganiga asosiy omil - Özbekiston saylovçilarining xohiş-irodasi ekanligini aytgan.
















