«Rospotrebnadzor» (Rossiya Iste'molçilar huquqlari va inson farovonligi sohasidagi nazorat böyiça federal xizmat) tarkibiga kiruvçi, Novosibirskdagi «Vektor» markazi insonlarda H5N8 tipidagi parranda grippi bilan zararlaniş holatini qayd etdi. Bu haqda muassasa rahbari Anna Popova «Rossiya 24» telekanali tomonidan translatsiya qilingan brifingda ma'lum qildi.

Popovaning sözlariga köra, virus Rossiya janubidagi parrandaçilik fabrikasining 7 nafar xodimida aniqlangan, bu yerda 2020 yil dekabrida quşlar orasida gripp epidemiyasi tarqalgandi. Popova zararlanganlarning barçasi kasallikka çidamli bölgani, kasallik keçişining klinik kartinasi juda yengil bölganini, şu bilan birga, tadqiqotçilar kasallanganlarda infeksiyaga qarşi immunitet bölganini qayd etişganini aytib ötgan.

Popova parranda grippi virusi quşdan insonga ötişi ilk bor röy bergan bölsa-da, hozirça insondan insonga yuqmaganini qayd etib ötgan.

«Keyingi mutatsiyalar unga bu tösiqni (immunitetni) yengib ötişga qançalik yordam berişini vaqt körsatadi. Bunday özgariş virus hali insondan insonga yuqiş qobiliyatiga ega bölmagan davrda qayd etilgani bizga keyingi özgarişlarga - uning ehtimoliy mutatsiyalariga tayyorlaniş, odamdan odamga yuqişga qodir böladigan vaqtgaça test tizimlarini va vaksina platformalarini işlab çiqiş uçun vaqt beradi», degan u.

2020 yil davomida bir neça davlatda parrandalar orasida H5N8 grippining yuqori patogenli ştammi tarqalişi kuzatilgandi. Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (ECDC) 2020 yil 19 noyabrida infeksiya Yevropaning turli nuqtalarida — Daniya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Şvetsiya va Buyuk Britaniyada kamida 302 marta qayd etilganini ma'lum qilgan.

Bunday holatlarning aksari yovvoyi quşlar populyatsiyasiga töğri keladi: yovvoyi ğozlar, yovvoyi ördak va boşqa turdagi ördaksimonlarda. Ammo bir neça parrandaçilik fermalarida ham kasallik tarqalgandi.

ECDC tomonidan 2020 yildagi epidemiyalar böyiça ötkazilgan tadqiqotlarda bu kasallik odamga yuqişi bilan boğliq birorta holat qayd etilmagan.

Yuqori patogenli bu virus H5 va H7 tiplariga mansub hisoblanadi. Bu virus tarqalişi holati ilk bor 1996 yilda aniqlangan. 2016-2017 yillarda bu virus Fransiyada keng tarqalişi katta iqtisodiy yöqotişlarga sabab bölgandi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining 2016 yilgi ma'lumotlariga köra, şu vaqtgaça H5N8 virusi jonivorlar orasida tarqalgan vaqtda insonga yuqişi holati qayd etilmagan. Şu bilan birga, Xitoy parranda grippining boşqa bir turi — H5N6 insonga yuqişi holati haqida xabar bergan.