O‘zbekiston | 14:55 / 24.02.2021
11197
4 daqiqa o‘qiladi
Shaharsozlik kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi
22 fevral kuni «O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan Shaharsozlik kodeksi yangi tahrirda tasdiqlandi.
85ta moddadan iborat yangi tahrirdagi kodeksda asosan quyidagi yangiliklar aks etgan:
- «aholi punkti», «shahar», «shaharcha» va «qishloq (ovul)» kabi obektlar turlari, «o‘zboshimchalik bilan qurilish qilish», «urbanizatsiya» tushunchalari, shaharsozlik faoliyatida fuqarolar muhokamasi ishtiroki va boshqa iboralarga tushunchalar berilmoqda;
- shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari alohida moddada o‘z aksini topgan bo‘lib, ushbu prinsiplar aholi punktlarining kompleks va barqaror rivojlanishini ta'minlash, qurilishga ruxsat berish jarayonining oshkoraligi va ochiqligini ta'minlash kabi masalalarga yo‘naltirilgan;
- shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish yuzasidan tegishli normaga yangi me'yorlar kiritilib, ular bilan vazirlik va idoralar shaharsozlik qoidalarini ishlab chiqish va tegishli o‘zgartishlarni, shuningdek, shaharsozlik normalaridan chekinish zarurati vujudga kelganda maxsus texnik shartlar ishlab chiqilishini maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishib borish yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda;
- loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha yangi moddalar kiritilib, mazkur moddalarda ekspertlarning huquqlari va javobgarligi, jumladan, har bir ekspert bergan xulosasi yuzasidan qonun oldida javob berishi belgilanmoqda;
- qurilishni nazorat qilish borasida yangi normalar kiritilgan bo‘lib, ular bilan qurilishni nazorat qilish turlari, qurilishni davlat tomonidan nazorat qiluvchi inspeksiyalar, texnik, mualliflik va ichki nazoratning vakolatlari belgilanmoqda;
- qurilishda sug‘urtalash bo‘yicha yangi modda kiritilmoqda;
- aholi punkti bosh rejalarining loyihalari muhokamasida jamoatchilik ishtirokini ta'minlashga qaratilgan alohida moddalar kiritilib, ular shaharsozlik sohasida qarorlarni qabul qilishda fuqarolar fikrlari keng o‘rganilishiga, ortiqcha mablag‘lar sarflanishi hamda insonlar noroziligining oldini olishga qaratilgan;
- shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi taqiqlarni aks ettiruvchi yangi me'yorlar kiritilib, ular qurilish jarayoniga vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarning aralashuviga chek qo‘yish, shaharlar va tumanlar markazlarida qurilishi tugallangan mavzelar, ko‘p qavatli turar joy mikrorayonlari hududlarida bosh rejalarda nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis xizmati ko‘rsatish va bozor infrastrukturasining obektlarini qurishni taqiqlash, eng asosiysi, yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida uch va undan ortiq qavatli (ko‘p kvartirali) uylarni qurishni taqiqlashga yo‘naltirilgan;
- yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan norma yangi bandlar bilan to‘ldirilib, ular hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalari doirasida fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni ta'minlashga hamda yetkazilgan zararlarni qoplashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilishga imkoniyat yaratishga qaratilgan.
Ma'lumot uchun, Shaharsozlik kodeksining avvalgi tahriri 2002 yil 4 aprelda tasdiqlangan bo‘lib, 59ta moddadan iborat edi.
Shaharsozlik kodeksining yangi tahriri 2020 yil 26 avgust kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2021 yil 6 yanvar kuni Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida ma'qullangan edi.
Mavzuga oid
15:56 / 23.11.2024
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
16:12 / 05.11.2024
Yangiyo‘lda “dom” qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi
15:03 / 27.10.2024