«Ha, karantin rasman tugagani yöq. Biroq respublikamizda olib borilayotgan koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş tadbirlari, jumladan, ommaviy tadbirlarni ötkaziş böyiça maxsus komissiyaning doimiy ravişda bayonlari e'lon qilib borilgan.

Koronavirus infeksiyasi böyiça respublikamizda vaziyat barqaror ekanini inbotga olgan holda ba'zi ommaviy tadbirlar, şu jumladan, konsertlarga ruxsat berildi. Ommaviy tadbirlarga ruxsat berilganiga qaramasdan barça sanitar-gigiyenik qoidalarga amal qilgan holda, ya'ni kiriş eşiklari oldida barça fuqarolarning tana haroratlari ölçanadi.

Oraliq masofa saqlagan holda, ya'ni örindiqlar orasida joy taşlab tomoşabinlar orasidagi masofani saqlagan holda ötqiziş, tanaffuslarda zallar şamollatilişi va boşqa bir qator tadbirlar amalga oşirilişi şarti bilan tadbirlarga ruxsat berilgan», degan u.

Eslatib ötamiz, 2020 yil 15 martdan boşlab respublika hududida ötkazilişi rejalaştirilgan barça turdagi ommaviy bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, teatr, kino va konsert dasturlari vaqtinça töxtatilgandi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, Özbekistonda 28 yanvardan konsert-tomoşa tadbirlarini taşkil etişga ruxsat berildi.