«Özstandart» agentligi huzuridagi departament boşliği Zoirjon Omonov Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarida amalda bölgan texnik reglamentlarni respublikada işlab çiqiş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berdi.
Mutaxassisning ma'lum qilişiça, Özbekistonda texnik jihatdan tartibga soliş sohasida 52ta texnik reglamentlar qabul qilingan bölib, şundan 12tasi maxsus reglamentlar hisoblanadi.
«Agar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlaridagi reglamentlar bilan taqqoslaydigan bölsak, ularda 48ta reglament mavjud. Hozirgi kunda respublikada 26ta reglament YeOII davlatlarida qabul qilingan reglamentlariga mosligi soliştirib çiqilib, ularni qayta işlab çiqiş böyiça qaror qabul qilingan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Özstandart» agentligi vakilining ta'kidlaşiça, bundan asosiy maqsad Özbekiston maxsulotlarini YeOII talablariga moslaştirişdir. Agar texnik reglamentlar ittifoq davlatlaridagi reglamentlarga mos kelmasa, respublika mahsulotlari YeOII davlatlarida raqobatbardoşligini yöqotib qöyadi. Departamentning asosiy maqsadi texnik reglamentlarni kuçaytirib, mahsulotlar raqobatbardoşligini oşiriş va korxonalarda ularni joriy qiliş hisoblanadi.
2020 yil 11 dekabr kuni bölib ötgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining videoanjuman şaklidagi sammitida Özbekiston va Kubaga taşkilot huzuridagi kuzatuvçi davlat maqomini beriş töğrisida qaror qabul qilingandi.
Bundan avvalroq, 2021 yilda YeOIIga a'zo bölgan davlatlar bozorlarida tölaqonli iştirok etiş uçun milliy texnik tartibga soliş me'yorlari, ularning talablariga moslaştiriş böyiça işlar jadallaştirilişi ma'lum qilingandi.












