Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pashinyan qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ini iste'foga chiqishga chaqirdi
Bosh vazir agar mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan Gasparyanning lavozimidan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolamasa, uni ham davlat to‘ntarishiga qo‘shilgan deb hisoblashi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Foto: REUTERS/Stepan Poghosyan/Photolure
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni o‘z ixtiyori bilan iste'foga chiqishga chaqirdi. U o‘zini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilayotgan mitingda ana shunday bayonot bilan chiqdi, deb yozadi TASS.
"Armaniston bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni iste'foga chiqishga chaqiraman. U armiyani xalqqa qarshi qo‘ya olmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymayman. Qolgan barcha harbiylar xizmatga qaytishlari lozim", - dedi Pashinyan.
Xabar qilinishicha, bosh vazir agarda mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan Gasparyanning lavozimidan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolamasa, uni ham davlat to‘ntarishiga qo‘shilgan deb hisoblashi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Pashinyan barcha siyosiy kuchlarni muloqot boshlashga chaqirgan.
Avvalroq Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib ikkinchi marta bayonot bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026