Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanni Toğli Qoraboğdagi nizo vaqtida «Iskander» raketa majmualaridan foydalanilgani borasida çalğitişgan bölişi mumkin. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabarida aytilmoqda, deb yozadi RBK.
«Armaniston Respublikasi boş vaziri janob Nikol Paşinyanni çalğitişgan bölişi mumkin, natijada u noaniq ma'lumotdan foydalangan», — deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.
Qöşimça qilinişiça, vazirlik Paşinyanning bayonoti bilan tanişib «hayron qolgan», çunki ma'lumotlarga köra, Armaniston Toğli Qoraboğdagi nizo vaqtida Rossiyaning «Iskander» raketa majmualaridan foydalanmagan.
«Bizdagi xolis va işonçli hamda xolis nazorat tizimi tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlarga köra, Toğli Qoraboğdagi nizo davomida bu turdagi raketa majmualarining birortasidan ham foydalanilmagan. Barça raketalar Armaniston Respublikasi qurolli kuçlarining omborlarida turibdi», — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.
Avvalroq Paşinyan «Iskander» raketalari portlamagani yoki faqat ön foizga portlagani haqida aytgandi.
Yerevan.Today jurnalistlari Armaniston qurolli kuçlari boş ştabi qömondoni örinbosari general Tiran Xaçatryandan bu sözlarni izohlaşni söradi – u esa bunga javoban «uzoq kuldi» va «bunday bölişi mumkin emasligi»ni aytdi. Boş ştab vakili «yuzaki baholar bilan xulosa çiqariş – nojiddiyligi»ni aytib, jurnalistlarga «bu qurol haqida notöğri tuşunçalar şakllantirmaslik»ni tavsiya qildi. Köp ötmay u işdan böşatildi.

















