Hozir Ibrohimxon ota Xöjayev — 105 yoşda. Namangan tumanida istiqomat qiluvçi otaxon köp yillar halol mehnat ortidan oila tebratib, el xizmatida bölgan.

Otaxon 8 öğil, 3 nafar qiz, 50dan oşiq nabira, 90dan ortiq çevara va 13 evaraga duogöy bölib ötiribdi.

Ibrohimxon ota butun umr dehqonçilik bilan şuğullangan. Öz işi orqali 11 farzandni uyli-joyli qilgan.

Otaxon nafaqat öz qişloği, balki butun viloyatda ham hurmat-ehtiromga sazovor bölgan. U davlat rahbari bilan ham uçraşgan.

Otaxonning el nazariga tuşişiga sabab xalq uçun qilgan yana bir xizmatidir. Qahramonimiz dehqonçilik bilan birga 58 yil davomida mahallada görkovlik qilgan.

Uning xonadonida ajdodlari Xoja Ahmad Yassaviyga borib tutaşişini isbotlovçi şajara hujjati va muhr saqlanadi.

U yoşlikdan ajdodlari singari ilm olişga astoydil bel boğlagan. «Ilgarilari qoçib yurib (yaşirinça) kitob öqir edik. Hozir hammaning qölida Qur’on», – deydi otaxon.

Ibrohimxon ota hozirgi kunda ilm oliş uçun katta imkoniyatlar yaratilganini köp ta’kidladi.

Otaxonning uzoq umr körib, şu yoşda ham opasini körgani borişi, ya’ni qarindoş-uruğlardan xabar olişi silai rahmdandir. Şu sababdan ham avlodlari har qanday ma’rakada jam bölib, hayot taşviş-u quvonçini birga baham körişadi.

Biz Ibrohimxon ota Xöjayevga soğlik-salomatlik tilab qolamiz.

Tohirjon Tursunov tayyorladi