Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Namangan tumanida bölgani aytilgan xususiy boğçadagi holat aks etgan videolar tarqaldi. Unda tarbiyaçi bolalar bilan musiqali öyin taşkil qilayotgan vaqtda ularga nisbatan öta qöpol munosabatda bölgani körinadi.
Voqea dumaloq videoda tasvirga olingan. Ayol tarbiyalanuvçilarni haqoratlab urgan. Videoda uning “Tur, tur! Men kimga jon kuydiryapman?” deya juda baland ovozda baqirgani ham körinadi.
Vaziyat haqida Namangan viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi rasmiy munosabat bildirgan. Unga köra, tumanning “Eşobod” MFY hududida joylaşgan “3-Renessans avlodlari” nomli maktabgaça ta’lim taşkiloti bir fuqaro tomonidan noturar joyda davlat röyxatidan ötmasdan va litsenziyasiz işlayotgani aniqlangan.
“44 nafar bola qamrab olingan uşbu noqonuniy maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyati töxtatilib, yuqoridagi holat yuzasidan huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga barça hujjatlar taqdim etilgani bildiriladi”, – deyiladi izohda.
Qayd etilişiça, videoda keltirilgan muassasa tarbiyaçisi bilan profilaktik suhbatlar ötkazilgan. Kelgusida bunday vaziyatlar takrorlanmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirilib, zarur tuşuntiriş işlari olib borilgan.

















