Bosh vazir o‘rinbosari Yunusoboddagi fojiadan so‘ng yig‘ilish o‘tkazdi. Ijarada yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimi joriy etiladi
Har bir hududda ishchi guruh tuzilib, ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimi joriy qilinadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish, bu boradagi ishlarni takomillashtirish masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, muhokama jarayonida oliy ta'lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, dekan, shuningdek, yoshlar bo‘yicha yetakchilari tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilgani tanqid qilindi.
“Xususan, talabalar ijarada qayerda yashamoqda, kimnikida turibdi, yashash sharoiti qanday, darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘ladi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi, bu talabalarning o‘qish jarayoniga qanday ta'sir ko‘rsatmoqda, kabi jiddiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, mas'ullar tomonidan talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilmayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga javob bermasligi, talabalarda birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik bo‘yicha bilimlarining yetarli emasligi natijasida turli noxush hodisalar ro‘y bermoqda”, deyiladi xabarda.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish” yuzasidan qo‘shma qarori qabul qilinadi.
Qayd etilishicha, qo‘shma qarorda har bir hududda ishchi guruh tuzib, ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimini joriy qilish ko‘zda tutiladi.
Avvalroq, Yunusoboddagi kvartirada besh talaba jasadi topilgani, ular noma'lum moddadan zaharlangani taxmin qilinayotgani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov

18:16 / 26.03.2025