«Töğon yorilişi natijasida suv omboridagi suvning taxminan 50 foizga yaqin qismi çiqib ketgan. Fojia sabablarini töğri baholaş uçun Özbekiston prezidenti va hukumat topşiriqlariga asosan xorijdan umuman bu işga daxlsiz bölgan odamlar – Moskva davlat quriliş universiteti mutaxassislari jalb qilingan.
Ular hozir törtta bosqiçdan iborat işlarni amalga oşirdi. Yaqin kunlarda bizga törtinçi bosqiçda qilingan işlarning taqdimotini qilişadi. Taxminan mart oyi oxirlarida Sardoba fojiasi böyiça davlat komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlarni oşkor qilişimiz mumkin.

Bugungi kunda ma'lumotlar oxirigaça aniq emas. Masala şundaki, loyiha bilan boğliq köp savollar bor. Ularning hammasini körib çiqişyapti», deya Botir Zokirovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
1 mart kuni Quriliş vazirligida ötkazilgan matbuot anjumanida quriliş vaziri Botir Zokirov mazkur jarayonga nima uçun aynan rossiyalik ekspertlar jalb qilinganiga ham izoh berdi.
«Moskva davlat quriliş universiteti bu işga jalb qilingandan keyin bizda fojiaga xolisona baho beriş imkoni paydo böldi. Ularni Vazirlar Mahkamasi topşiriğiga asosan, şartnoma asosida yolladik. Ular barça işlarni şartnoma asosida amalga oşirişmoqda. Şu bilan birga, loyiha oldi qidiruv işlari ham amalga oşirilmoqda. Suv ombori juda katta, butun perimetr böyiça juda kam oraliqda köplab burğilaş işlari öta sifatli amalga oşirildi.
Ularni bu masalaga jalb qilganimizning sababi şuki, ularda katta tajriba bor. Uşbu oliy öquv yurti mutaxassislari şunga öxşaş önga yaqin masalalarni örganib, öz xulosalarini berişgan. Ular xolis taşkilot, heç kimga böysunmaydi, örganiş jarayonida manfaatlar töqnaşuvi bölmaydi.
Moskva davlat quriliş universiteti mutaxassislari dastlab fojianing sabab va omillari böyiça xulosalarini taqdim etişsa, keyinçalik suv omborini tiklaş böyiça loyihaviy yeçim-takliflarini berişlari kerak.
Moskva davlat quriliş universiteti mutaxassislari örganiş işlarini yakunlaganidan söng, ularning xulosalari ham boşqa konsorsium asosida xalqaro ekspertlar tomonidan tekşiriladi. Buning uçun Italiya, Turkiya, Koreya singari davlatlardan mutaxassislar jalb qilinadi. Biz ular bilan muzokaralar olib borganmiz», deydi Botir Zokirov.


















