Moliya vazirligi 2020 yil uçun Özbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi şarhini e'lon qildi.

Taşqi qarz miqdori 21 milliard dollardan oşdi

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2021 yil 1 yanvar holatiga Özbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldiği (davlat qarzi) 23,3 milliard dollar ekvivalentini yoki yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbatan 40,4 foizni taşkil etdi.

2020 yil yakuni bilan taqqoslaganda, davlat taşqi qarzi 5,4 milliard dollarga yoki yil boşiga nisbatan 34,4 foizga oşib, 2021 yil 1 yanvar holatiga 21,1 milliard dollarga yoki YaIMga nisbatan 36,5 foizga yetdi.

Şundan respublika nomidan jalb qilingan taşqi qarz 15,1 milliard dollarni, davlat kafolatlagan taşqi qarz 6 milliard dollarni taşkil etdi.

Davlat içki qarzi 23,3 trillion söm (2,2 milliard dollar) yoki YaIMga nisbatan 3,9 foiziga teng. Şundan 4 trillion söm (0,4 milliard dollar) – davlat qimmatli qoğozlari, 19,3 trillion söm (1,8 milliard dollar) – davlat kafolatlagan içki qarz.

Davlat qarzi dinamikasi

«Davlat qarzining sönggi yillardagi ösişi dinamikasiga qaramay, xalqaro me'yorlarga köra Özbekiston Respublikasi davlat qarzi (YaIMga nisbatan - 40,4 foiz), şu jumladan davlat taşqi qarzi (YaIMga nisbatan - 36,5 foiz) mö'tadil darajada saqlanib qolmoqda», – deyiladi hisobotda.

Özbekiston uçun davlat taşqi qarzining xavfsiz darajasi YaIMga nisbatan 60 foiz deb hisoblanadi.

2021 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonunga köra, Özbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi içki mahsulotning yillik prognoz körsatkiçiga nisbatan 60 foizdan oşmasligi belgilangan.

«Davlat budjeti töğrisida»gi qonuniga muvofiq, 2020 yil davomida davlat taşqi qarzini jalb etiş böyiça imzolanadigan yangi şartnomalarning çegaralangan hajmi 5,5 milliard dollar miqdorida belgilangan.