Uçraşuvda maslahatçi Çakrabartining Özbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga möljallangan strategiyasini tayyorlaş, davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş, mamlakatimizning xorijiy şeriklar bilan özaro manfaatli munosabatlarini kengaytiriş borasidagi taklif va tavsiyalari körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari «yöl xaritasi» va ustuvor yönalişlar böyiça boşqa muhim konseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlaşni davom ettiriş va keyinçalik ularni amalga oşiriş zarurligini ta'kidladi.

Investitsiya va işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş, davlat uluşi mavjud korxonalarni transformatsiya qiliş, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

  • Ma'lumot uçun, Suma Çakrabarti 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligaça Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti bölib işlagan. YeTTBga rahbarlik qilişdan avval u Xalqaro taraqqiyot departamentining doimiy kotibi (2002-2007) bölgan va Birlaşgan Qirollikning Adliya vazirligida (2007-2012) işlagan.
  • Suma Çakrabarti 2020 yil yozida Özbekiston prezidenti farmoniga köra «Özbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasidagi strategik şeriklikni yölga qöyiş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi ulkan xizmatlari» uçun «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi. U 2020 yil kuzida Özbekiston prezidenti maslahatçisiga aylandi.