Toşkentda alohida kvartiralarning eng arzon ijarasi 150 AQŞ dollari (1,6 mln söm)ni taşkil qiladi. Bu narxga Andijon, Samarqand, Buxoro kabi yirik şaharlarda örtaça kvartiralarni ijaraga oliş mumkin. Termiz, Urganç kabi şaharlarda odatda kelişuv qiymati sömda hisoblanadi va 800 ming, 1 mln sömdan boşlanadi.

Özbekistonning har bir şahri, har bir tumanida köçmas mulk ijarasi mavjud. Köpçilikni qiziqtirgan uy-joy ijaralari soni böyiça yaqqol yetakçilik Toşkent şahrida. Turli yillarda respublika böylab tuzilgan ijara şartnomalarining taxminan yarmi aynan poytaxtda qayd etilgan. Bu tabiiy holat, Toşkent Özbekistonning eng yirik şahri böliş bilan birga, odamlar eng köp intiluvçi şahar hamdir.

Poytaxtda va yirik şaharlarda ijara kelişuvlari yillar davomida singib ketgan an'anaga muvofiq AQŞ dollarida hisoblanadi. Toşkentda 150 AQŞ dollariga şaharning aholi köp yaşovçi tumanlaridan jihozlarsiz 1 xonali xonadonni ijaraga oliş mumkin. Köpçilik xaridorlar ham aynan şu narxga ijara qidiradi. Ammo sönggi tendensiyalarga köra, bu pulga ijara uy topiş tobora qiyinlaşib bormoqda.

Sohaga oid e'lonlar eng köp joylaştiriladigan Olx.uz sayti ma'lumotlariga tayanib aytilsa, Toşkentda köp qavatli uylardagi kvartiralarning eng qimmat ijarasi 2-3 ming AQŞ dollarini, hovlilarning eng qimmati 7-8 ming AQŞ dollarini taşkil qiladi. Lekin ijaraga beriladigan bunday qimmat narxdagi köçmas mulklar odatda juda kam böladi.

Özbekistonning boşqa viloyatlarida 100-120 AQŞ dollariga Samarqand, Andijon, Buxoro kabi yirik şaharlarda örtaça kvartiralarni ijaraga oliş mumkin. Termiz, Urganç kabi şaharlarda odatda ijara qiymati sömda hisoblanadi va 1 mln sömdan boşlanadi. Tabiiyki, tumanlarda yanada arzon.

Ijaraga beruvçi va ijaraçi örtasida şartnoma tuziş, olingan daromaddan soliq tölaş şartligi töğrisidagi talablar avvaldan mavjud bölgan. Ammo sönggi yillarda nazorat organlari ijaraga berilgan xonadonlarni muntazam tekşirişi hamda noqonuniy daromad uçun jarima solişi, vaqtinça röyxatga qöyiş uçun ham aynan şu hujjatning zarurligi tufayli rasmiy ijara şartnoma tuziş hajmi köpaydi.

2019 yildan boşlab ijara şartnomalarining notarial idoralarda tölovlar bilan emas, soliq idorasining özida yoki onlayn tarzda bepul tuzilişi köpçilikka katta yengillik berdi.

Ijara oluvçilarning kasbiy tasnifi va ijtimoiy qatlami ham qiziq ma'lumotlarni taqdim etadi.

Son jihatdan eng köp ijaraga oluvçilar talabalar bölsa, rasmiy şartnomalar asosida ijaradan foydalanuvçilar orasida harbiylar yetakçidir. Şuningdek, içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari orasida ham ijaraga oluvçilar köpçilikni taşkil qiladi.