Içki işlar vazirligi matbuot xizmati general-mayor Şuhratjon Örinbayeviç Sobirov Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangani haqida ma'lum qildi.

Tayinlovga qadar Şuhratjon Sobirov Andijon viloyati IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
U yangi lavozimda avvalroq Toşkent IIBB rahbarligiga ötkazilgan Aziz Toşpölatov örnini egalladi.
Öz navbatida polkovnik Azat Damiroviç Tasbayev Şuhratjon Sobirov örniga Andijon viloyati IIB boşliği lavozimiga tayinlangan.

Azat Tasbayev 2018 yil mayidan buyon Özbekiston Respublikasi IIV Öz xavfsizligi boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
















