Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Özbekistonning 24 nafar fuqarosi Afğonistondan olib çiqildi. Evakuatsiya qilinganlarning 19 nafarini bolalar taşkil etadi. Ularning 4 nafari yetim.
«Prezidentimiz taşabbusi bilan boşlab berilgan va bugun ötkazilayotgan «Mehr-4» operatsiyasiga köra yurtimizdan qaysidir sabablarga yoki botil ğoyalarga aldanib çiqib ketgan fuqarolarimiz qaytarilmoqda. Bugun ularning közlaridagi sevinç, vatan soğinçi körsatib turibdiki, yurtimizda ötkazilayotgan islohotlar tufayli tinçlik-totuvlik, inson haq-huquqlarini himoya qiliş böyiça juda katta işlar amalga oşirilmoqda.

«Mehr» operatsiyasi davomida olib kelingan fuqarolarimiz yurtimizda inson qadr-qiymatini yuksak darajaga kötariş böyiça olib borilayotgan işlarni bilişlari va qalban his qilişlari kerak. Endi davlatimiz tomonidan körsatilayotgan mehr-muruvvat, afvga nisbatan ular özlariga bildirilayotgan işonçni oqlaşlari kerak böladi», — deydi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, xalqaro hadisşunoslik fanlari doktori Şukurullo Umarov.

Qayd etib ötiş joizki, 2017 yildan 2020 yilgaça Afğoniston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda 86 nafar fuqaro Özbekistonga olib kelingan.
Afğoniston tomonidan Hayraton komissari Nuriddin Raufiy bu xayrli işlar har ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi ölaroq amalga oşirilayotganini ta'kidlab ötdi.


Afğonistondan bugungaça olib çiqilgan fuqarolarning 23 nafari erkak, 16 nafari ayol, yana 47 nafari bolalar bölgan.
















