4 mart kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasida içki işlar vazirining huquqbuzarliklar oldini olişga oid 2020 yilgi axboroti dastlabki tarzda muhokama qilindi. Unda iştirok etgan içki işlar vazirining örinbosari Aziz Ikromov yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça bir qator takliflarini bildirdi.

Vazir örinbosari bu masalada Belarus tajribasidan örnak oliş mumkinligini aytib ötdi.

«Belarusda çorrahaning qizil çiroğidan ötib ketiş huquqbuzarligini takroran sodir etgan haydovçi jinoiy javobgarlikka tortiladi. Spirtli içimliklar ta'sirida avtomobil boşqariş huquqbuzarligi takroran sodir etilganda esa uşbu avtomobil musodara qilinadi», dedi vazir örinbosari.

Aziz Ikromov uşbu huquqbuzarliklar inson hayotiga xavf tuğdirişini inobatga olib, yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş maqsadida uşbu qoidalarni Özbekiston qonunçiligiga ham kiritişni taklif etdi.

Yiğilişga raislik qilgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi, senator Qutbiddin Burxonov bu masalani yiğilişda emas, Oliy Majlisga qonun loyihasi sifatida kiritilib, Senatga qonun sifatida yetib kelgan taqdirda körib çiqişga tayyorligini bildirdi.

  • Ma'lumot uçun, amaldagi Özbekiston qonunçiligiga köra, transport vositalari haydovçilarining svetoforning qizil çiroğiga yoki yöl harakatini tartibga soluvçining taqiqlovçi işorasiga böysunmasdan ötişi birinçi marta sodir etilganda BHMning 2 baravari miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilganda BHMning 5 baravari miqdorida jarima, bir yil davomida uçinçi marta sodir etilganida esa transport vositasini boşqariş huquqidan 1 yil muddatga mahrum etiş bilan jazolanadi. 
  • Transport vositasini mast holda boşqargan haydovçilar 1,5 yildan 3 yilgaça muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi va 25 BHM (6,1 mln söm) jarimaga tortiladi. Bu huquqbuzarlikni transport vositasini boşqariş huquqi bölmagan şaxs sodir etsa, 40 BHM (9,8 mln söm) jarima solinadi yoki 15 sutkaga ma'muriy qamoqqa olinadi.
  • Mast kişiga transport vositasini boşqarişni topşirganlik uçun ham javobgarlik bor. Bunday huquqbuzarlik 2 yildan 3 yilgaça transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qiliş va 25 BHM jarimaga sabab böladi.