2021 yil 4 mart kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti taşabbusi bilan Fanlar akademiyasining Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan “Özbek tili me'yorlari: punktuatsiya” kitobi taqdimoti bölib ötdi.

Akademiya olimlari mehnati natijasida yaratilgan mazkur amaliy qöllanma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan çop etilgan.

Mazkur qöllanma keng jamoatçilikka möljallangan bölib, zamonaviy özbek punktuatsiyasi me'yorlari, tiniş belgilarining qöllanişi kabi turli masalalar haqida fikr yuritiladi. 

Undan tadqiqotçilar, olimlar, turli soha vakillari, magistrantlar, talabalar, ona tili va adabiyoti fani öqituvçilari hamda öquvçilar foydalanişi mumkin.