Inson huquqlari böyiça xalqaro taşkilot Freedom House 2020 yil yakunlari böyiça jahon mamlakatlarining erkinlik darajasiga oid an'anaviy yillik hisobotini e'lon qildi. Yangi reytingda Özbekistondagi erkinlik darajasi 100 balldan 11 ballga baholangan va Özbekiston «erkin bölmagan» mamlakatlar qatorida qolgan.

Özbekistondagi siyosiy huquqlar eng yuqori 40 balldan 2 ballga, fuqarolik erkinliklari esa eng yuqori 60 balldan 9 ballga, jami 11 ballga baholangan. Şuningdek, internet erkinligi böyiça ham Özbekiston 100 balldan 27 ball töplab interneti erkin bölmagan mamlakatlar qatoridan joy olgan.

Foto: Freedom House

2019 yil yakunlari böyiça ham Özbekiston 100 ballik şkalada 10 ball töplab, «erkin bölmagan» davlatlar qatoridan joy olgandi.

2020 yil yakunlari böyiça reytingda eng yuqori örinlarni maksimal 100 ball bilan Yevropa davlatlari Finlyandiya, Norvegiya va Şvetsiya egallagan. Eng past natijalarni esa Tibet va Suriya 1 ball bilan, Turkmaniston, Eritreya, Janubiy Sudan (2 balldan) va Şimoliy Koreya (3 ball) egallagan.

Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari - Tojikiston (8 ball), Qozoğiston (23 ball) va Qirğiziston (28 ball) ham «erkin bölmagan» mamlakatlar qatoriga kiritilgan. Qirğiziston ötgan yili qisman erkin bölgan davlatlar qatorida edi. Lekin Freedom House ötgan yilgi parlament saylovlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari buzilişi ortidan mamlakat reytingini tuşirib yubordi.

Osiyo qit'asida Janubiy Koreya, Yaponiya va Möğuliston erkin mamlakatlar sifatida qayd etilgan.

Freedom House’ning an'anaviy tadqiqoti bu yil 195ta mamlakat va 15ta hududni qamrab olgan. 82ta davlat va 1ta hudud (kartada yaşil) töliq erkin, 59ta davlat va 4ta hududda (sariq) qisman erkinlik bor. 54ta davlat va 10ta hudud (binafşarang) esa erkin bölmaganlar qatoriga kiritilgan.