24 fevral kuni Adliya vazirligi, Oliy sud, Boş prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi vakillari iştirokida advokatlar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Unda iştirok etgan advokat Sanjar Xöjayev öz faoliyatiga doir ayrim qonunlarga rioya qilinmayotganini ta'kidladi.
U protsess iştirokçilarining qonunçilik darajasida teng huquqliligini ta'minlaş uçun jinoyat işi doirasida order mavjud bölsa, uyali aloqa kompaniyalariga advokatlik sörovi böyiça himoya ostidagi şaxsning huquqlarini munosib ta'minlaş maqsadida ularning IMEI, billing, SMS va boşqa muhim ma'lumotlarini advokatlarga taqdim etiş majburiyatini yuklaşni taklif etdi.
«JK va JPKda ijtimoiy xavfi katta bölmagan, unça oğir bölmagan jinoyatlar böyiça jinoyat işini suriştiruvçi, tergovçi, prokuror yoki sudya tomonidan tugatişga oid normalar nazarda tutilgan. Lekin amaliyotda bular qöllanilmayapti. Şuningdek, uşbu moddalarni aybdan kelib çiqib işda bir neça ayblanuvçilar mavjud bölganda ham qöllaş mumkin», degan advokat.
DXX vakili Bahrom Karimov esa uşbu fikrlarga javoban quyidagilarni bildirdi:
«Mana, advokatlarning köp dardini eşityapmiz. Lekin bitta narsani ham inobatga olişimiz kerak. Advokat – bu kasb, protsessda u – himoyaçi, u bevosita gumonlanuvçini, ayblanuvçining huquqlarini qonuniy yöl bilan himoya qilişi kerak.
Lekin, afsuski, biz tajribada şunga guvoh bölyapmizki, advokat jinoyatçining daxlsizlik huquqiga ega bölgan jinoiy şerigiga aylanib qolyapti. Aksariyat holatlarda şunday bölyaptiki, tergovga ma'lum bölmagan, hozirça hali foş bölmagan jinoiy şeriklarining manfaatida boşqa aniqlangan şaxsning nomidan order olib kelib, tergovda ötirgan odamning körsatmalarini özgartiriş, unga tazyiq ötkaziş yoki jinoyat işida mavjud ma'lumotlardan özining haqiqatda ortida turib harakat qilayotgan şaxsining manfaatlari uçun ma'lumot töplab ketiş holatlari uçrayapti.
Bundan taşqari, töplangan ma'lumotlarni hatto tergov tamomlanmasidan turib oşkor qiliş, OAVga yoki messenjerlarga «sizdiriş» holatlari uçrayapti.
Ya'ni bunday holatlarda advokat özining himoyaçilik funksiyasini emas, jinoyat sodir qilgan şaxsga nisbatan javobgarlik muqarrarligi prinsipini sindirişga işlayapti















