Toshkentda bitkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan gumondorlarga nisbatan JKning ikkita moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma'lum qilishicha, Toshkent shahrida fuqaro raqamli kriptovaluta savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan.
U 1V (bitkoin) elektron pul birligini 49 670 dollarga baholab, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligiga o‘zining 5 foizlik ustama foydasini qo‘shgan holda, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligini boshqa shaxsning «elektron hamyon»iga o‘tkazib bergan. Buning evaziga xaridordan 23 400 dollar va 800 ming so‘m pulni olgan vaqtida departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi va DXX xodimlari tomonidan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan kriptovaluta sotuvchi va xarid qiluvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkentda 20 bitkoinni 208 ming dollarga sotayotgan, kriptovaluta olib berishini aytib, 152 mln so‘mga aldab ketgan shaxslar ushlangan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda kriptoaktivlar yordamida boyib ketishni taklif qilayotgan «moliyaviy piramidalar» paydo bo‘lgani xabar berilgandi.
2018 yili O‘zbekistonda elektron pullar to‘g‘risida qonun ishlab chiqilishi aytilgan, biroq Mirzo Ulugbek Innovation Center (MUIC)ning o‘sha paytdagi bosh direktori Farhod Ibrohimov O‘zbekistonda kriptovaluta legallashtirilishi haqidagi gap-so‘zlarni rad etgandi. Oradan ko‘p o‘tmay O‘zbekistonda «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinishiga doir prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2018 yilning 1 oktyabridan boshlab o‘rnatiladigan tartibga muvofiq, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat, jumladan kriptoaktivlar bilan savdo qiluvchi kriptobirjalar yaratish litsenziyalanishi bildirilgan.
2020 yili O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi. 2021 yilning fevralida e'lon qilingan yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasida raqamli pul (kriptovaluta) muomalasining asosiy qoidalarini belgilab qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh elchisi o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
O‘zbekiston | 16:53 / 03.04.2025
AQShning yangi bojlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Nuqtayi nazar | 14:23 / 03.04.2025
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24 / 02.04.2025
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13 / 02.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Qora dengizda mazut to‘kilishidan yetkazilgan zarar baholandi
Jahon | 11:40
-
Malayziya O‘zbekiston kimyo sanoatida uchta loyihaga investitsiya kiritishi mumkin
O‘zbekiston | 11:29
-
Axios: Netanyahu G‘azo va tariflarni muhokama qilish uchun AQShga tashrif buyuradi
Jahon | 11:03
-
YeI Markaziy Osiyo uchun 12 mlrd yevrolik investitsiyalar paketini e’lon qildi
Jahon | 10:44
Mavzuga oid

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

08:14 / 04.04.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:56 / 03.04.2025
Toshkentda 9 aprelga qadar yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi

09:02 / 03.04.2025