Artel eksport geografiyasini kengaytirişni davom ettirmoqda. Kompaniyaning yangi savdo hamkori Yaman Respublikasi. Tomonlar yirik maişiy texnika hamda Artel mobil telefonlarining çet el davlatiga eksportini yölga qöyiş böyiça kelişuvni imzoladilar. Yamandagi buyurtmaçi kompaniya Polytron Yemen Company for Trading.
Bugungi kunda Artel mahsulotlari MDH davlatlari, Gruziya va Afğonistonga eksport qilinadi. Yaman Respublikasi bilan yangi hamkorlik esa sifatli va hamyonbop Artel maişiy texnikasiga bölgan talab çet ellarda yildan yilga oşib borayotganini yaqqol körsatib turibdi.
Yaman Respublikasiga konditsionerlar, dudburonlar, oşxona plitalari, mikrotölqinli peçlar va mini-peçlar, çangyutkiçlar, kir yuviş maşinalari, televizorlar, sovitkiçlar va mobil telefonlar kabi maişiy texnika yuborildi. Eksport qilingan mahsulotning umumiy miqdori 130 ming AQŞ dollaridan oşiq. Umumiy eksport miqdori esa 5 million AQŞ dollarini taşkil etişi rejalaştirilgan.

Bugungi kunda Artel mahsulotlari mahalliy bozorlarda katta talabga ega. Şu bilan birga Artel çet el bozorlarida ham öz pozitsiyalarini sezilarli darajada yaxşilamoqda. Jumladan, 2020 yilda eksport miqdori 2019 yilga qaraganda 32 foizga oşdi. Bundan taşqari Qozoğistonda oşxona plitalari bozorida Artel uluşi 65 foizga yetdi, eksport miqdori esa rekordli 80 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Bularning barçasini inobatga olib, yangi hamkorlik samarali bölişiga şubha qilmasa ham böladi. Alohida aytiş lozimki, 2021 yilda Artel eksport geografiyasini sezilarli darajada kengaytirişni rejalaştirgan.
Reklama huquqi asosida

















