Norma’ning yozişiça, jazoni ijro etiş muassasalariga (keyingi örinlarda – JIEM) taşrif murojaat asosida taşkil etiladi. Respublika va mahalliy NNT hamda OAV vakillari JIEMga taşrifga ruxsat oliş uçun IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş boş boşqarmasiga yozma yoki elektron şaklda murojaat qiladi.
Bunda murojaat xatida kiriş vaqti va maqsadi, uçraşuvda qatnaşuvçi şaxslar hamda uçraşadigan mahkum familiyasi, ismi va otasining ismi körsatiladi. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:
JIEMga kiruvçining şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar (pasport, ID-kartasi yoki boşqa hujjatlar) nusxasi;
adliya organlarida davlat röyxatidan yoki qayta röyxatdan ötgani haqidagi guvohnoma nusxasi (NNT uçun);
OAV vakillarining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida röyxatdan ötganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
JIEMda ötkaziladigan tadbir (dastur) loyihasi.
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat taşkilotlar hamda OAV vakillarining JIEMga taşrifini taşkil etiş sxema (Nizomga 1-ilova) asosida amalga oşiriladi.
JIEMga kirişga ruxsat oliş töğrisidagi murojaat u tuşgan kundan boşlab 15 kun içida JIEBB tomonidan körib çiqiladi hamda natijasi böyiça murojaat qiluvçiga yozma (elektron) xabar yuboriladi.
JIEMga kiriş uçun ruxsat oliş haqidagi murojaat quyidagi asoslarga köra JIEBB tomonidan rad etilişi mumkin:
qonuniylik va huquq-tartibotni, şuningdek, tezkor vaziyat keskinlaşganda (mahkumlar va boşqa şaxslar hayotiga jiddiy xavf paydo bölganda) mahkumlar, xodimlar, harbiy xizmatçilar va muassasa hududidagi boşqa şaxslar xavfsizligini ta'minlaş maqsadida;
oldingi taşriflar mobaynida tartibbuzarlik holatlari sodir etilgani aniqlanganda;
taşrif buyuruvçilar tomonidan yolğon ma'lumot taqdim qilinganda;
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi vaziyatlar) hamda karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi davrida.

















