Qayd etilişiça, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining Surxondaryo viloyati hududiy boşqarmasida bölim boşliği bölib işlovçi şaxs özining iş yurituvida bölgan, Denov tumanidagi xususiy korxonaga qaraşli dorixonada dorilar qimmat narxlarda sotilayotganligidan norozi bölib yozilgan murojaatni uşbu korxonaning foydasiga ijobiy hal qilib beriş evaziga korxona rahbaridan 200 AQŞ dollari pora talab qiladi.

U 200 dollarni olayotgan vaqtda Boş prokuratura huzuridagi departamentning Denov tuman bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qölga olingan.

«Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 201-moddasi (Pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda», deyiladi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining xabarida.

Avvalroq lavozimga tayinlanganiga bir oy ham bölmagan Pensiya jamğarmasi Xovos tumani bölimi boşliği, «Yermulkkadastr» davlat korxonasi sobiq xodimi, «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbari, Andijon viloyati Avtomobil yöllari boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi bölimi boşliği pora bilan qölga olingan edi.