8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Artel kompaniyasi gözal opa-singillarimizga öziga xos tuxfa taqdim etdi. Bayram munosabati bilan Artel va Sky Chess şaxmat maktabi hamkorligida “Nilufar” şaxmat turniri ötkazildi. Unga Özbekistonda ayollar örtasida birinçi xalqaro grossmeyster Nafisa Möminova va uning singlisi grossmeyster Hulkar Möminovalar hakamlik qilişdi.
Poytaxtning “Autograph” san'at galereyasida tantanali tadbir ötkazildi. Uning doirasida ötkazilgan şaxmat turnirida Toşkentdagi 21, 22, 23-sonli Mehribonlik uylarining 15 nafar tarbiyalanuvçi qizlari qatnaşişdi. Şuningdek, Artel kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida berilgan e'lon orqali röyxatdan ötgan 35 nafar xotin-qizlar ham turnirda iştirok etişdi. Uşbu turnirda qatnaşiş mutlaqo bepul asosda taşkil etildi. Iştirok etiş badallari Artel kompaniyasi tomonidan qoplab berildi.



“Nilufar” şaxmat turniri davlatimiz raxbariyatining şaxmatni aholi örtasida keng tarğib qiliş va uni ommaviy sport turiga aylantiriş, professional şaxmatçilar va xalqaro grossmeysterlarni tayyerlaş borasidagi taşabbusini qöllab-quvvatlagan holda, iqtidorli, intellektual ayollarimiz, opa-singillarimiz xamda qizlarimizni qöllab-quvvatlaş maksadida ötkazildi.
Tantanali oçiliş marosimida Artel kompaniyasi rahbariyati, turnir qatnaşçilari, ota-onalar va OAV vakillari iştirok etişdi. Turnir homiysi, Artel korxonalar guruhi boşqaruv raisi Qobil Toşmuhammedov tantanali marosimni oçib beriş uçun nutq sözladi.

“Muhtaram opa-singillar, haqiqiy iqtidor egalari! Barçangizni yana bir bora gözallik va latofat bayrami “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan çin yurakdan samimiy muborakbod etaman. Bayram munosabati bilan Artel kompaniyasi va Sky Chess taşkiloti hamkorligida ötkazilayotgan “Nilufar” xotin-qizlar şaxmat turniriga xuş kelibsiz, deymiz. Bugun haqiqiy aql gimnastikasiga guvoh bölamiz, degan umiddamiz. Uşbu turnir iqtidorli ayollarimiz va opa-singillarimizning şaxmat sport turi bilan şuğullanişini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida ötkazilmoqda.
Bu hamkorlik doimiy davom etadi, degan umiddamiz. Fursatdan foydalanib, zamonamiz qahramonlari, grossmeyster opa-singillar Nafisa va Hulkar Möminovalarni Özbekiston şaxmat sportininig rivojlanişiga qöşgan hissalarini alohida şaraf bilan e'tirof etmoqçiman. Sizlarning ortingizdan yana yangi iqtidorlar kaşf qilinib, rivojlanişiga tilakdoşman. Ayollarimiz zakovatli bölsa, taraqqiyot çöqqisiga erişamiz. Bunga biz, Artel jamoasining ham oz bölsa-da, hissasi qöşilayotganidan mamnunmiz”.




















