Bölajak oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalarining barça yönalişlarini körib çiqiş rejalaştirilgan.

Ikki mamlakat yetakçilari uçraşuvining kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettiriş, savdo, sanoat, transport, energetika, qişloq va suv xöjaligi sohalarida köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollaştiriş, madaniyat, soğliqni saqlaş, ta'lim va turizm borasidagi qöşma dasturlarni amalga oşirişning dolzarb jihatlari örin olgan.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşiladi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti qabul qilinişi, şuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning turli yönalişlariga aloqador qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.

Taşrif dasturiga muvofiq Qirğiziston Prezidenti Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi rahbarlari va Boş vaziri bilan ham uçraşuvlar ötkazadi, mamlakatimiz sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişadi.