Sayğoq – «Qizil kitob»ga kiritilgan va u butunlay yöqolib ketiş arafasida turgan juda noyob tur hisoblanadi.

Fanlar Akademiyasi xabariga köra, 2021 yilning fevral oyida «Saygaçiy» kompleks (landşaft) buyurtmaxonasida doimiy marşrutlarda sayğoqlarning sanoği ötkazilgan.

Sayğoqlarni sanaş jarayonida kompleks buyurtmaxona hamda FA Zoologiya institutining Kamyob hayvon turlari hisobi va kadastri laboratoriyasi xodimlari iştirok etgan.

«Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, hozirda qöriqxona hududida rezident (mahalliy) va qişki janubga köçiş paytida çegara devoridagi ötiş joylari orqali Qozoğistondan kirib kelişi mumkin bölganlar bilan birgalikda 100ga yaqin sayğoq yaşaydi.

2012 yildan beri qöllanilayotgan doimiy yönalişlar böyiça sayğoqlarni röyxatga oliş metodini qizğin va ijodiy muhokama qiliş natijasida mavjud röyxatga oliş yönalişlarining joylaşişi, röyxatga oliş muddati va mohiyati böyiça uni takomillaştirişga doir fikrlar bildirildi. Bu sanoqning samaradorligi va işonçliligini oşirişi kutilmoqda», – deyiladi ma'lumotda.

Şuningdek, qöşimça qilinişiça, sayğoqlarning maksimal soni 2012 yilda qayd etilgan va 525tani taşkil etgan.

«2012 yilning aprel oyida uşbu metod orqali sanoq ötkazilganda örganilayotgan hududdagi sayğoqlarning maksimal soni qayd etilgan va 525tani taşkil etgan. 2021 yilda 10 nusxagaça bölgan hayvonlar kiçik guruhlarining yangi izlari qayd etildi.

Şuningdek, qiş mavsumida kompleks böylab joylaştirilgan fotoqopqonlarda bir neça bor qayd etilgan», – deyiladi xabarda.