Özbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi hamda Qozoğiston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi noyob, yöqolib ketiş xavfi ostida turgan sayğoqlarni saqlab qolişga qaratilgan davlatlararo hamkorlikni tizimli ravişda rivojlantirmoqda.

Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi ikki tomonlama muloqot doirasida sayğoqlarni saqlab qoliş borasida anglaşuv memorandumi imzolanişi rejalaştirilmoqda. Uşbu hujjat sayğoqlar sonini tiklaş böyiça kompleks dasturlar uçun asos böladi.

Memorandum doirasida quyidagi qöşma tadbirlar közda tutilgan:

— sayğoqlarning an’anaviy köçiş yönalişlarida erkin harakatlanişi va xavfsizligini ta’minlaydigan çegara böylab muhofaza etiluvçi hududlar va migratsion koridorlar yaratiş;
– uning oziqlanişi va köpayişi uçun muhim bölgan tabiiy yaylovlar, suv havzalari va ekotizimlarni tiklaş;
– sayğoqlarni tabiatga qayta köçiriş (reintroduksiya) dasturini işlab çiqiş;
– ilmiy tadqiqotlar, monitoring va tajriba almaşinuvini taşkil etiş, jumladan, qöşma ekspeditsiyalar, reydlar, mutaxassislarni öqitiş va populyatsiya böyiça ma’lumotlar almaşiş.

Hamkorlik sayğoqni muhofaza qilişning asosiy yönalişlarini, jumladan, transçegaraviy ekotizimlarda soni, soğliği va migratsiyasini monitoring qiliş, yaşaş muhitini tiklaş va arealning parçalanişini oldini oliş böyiça rejalar işlab çiqiş, ilmiy, texnik va genetik ma’lumotlar almaşiş, sun’iy yöldoş kuzatuvlari va veterinariya nazoratini joriy etiş, brakonerlikka qarşi kuraşiş uçun tabiatni muhofaza qiliş çoralarini kuçaytiriş, aholi örtasida tuşuntiriş-tarğibot kampaniyalarini ötkaziş, hisob usullarini muvofiqlaştiriş va yagona ma’lumotlar bazasini yaratiş hamda tabiatni muhofaza qiliş dasturlarini amalga oşiriş uçun xalqaro hamkorlarni jalb etiş kabilarni qamrab oladi.