Ğarbiy Qozoğiston viloyatida sayğoqlar sonini tartibga soliş böyiça işlar boşlandi, deya xabar berdi Tengrinews viloyat ma’muriyatiga tayanib.
Sayğoqlarni ovlaş 2025 yil 30 noyabriga qadar davom etadi. Asosiy maqsad tabiiy muvozanatni saqlaş, yaylovlar va qişloq xöjaligi yerlarini asraşdir.
Operatsiyaga 40 nafarga yaqin mutaxassis jalb etilgan. Törtta jamoa tuzildi, ularning har biri uçta texnika birligi bilan ta’minlangan - jami 12 ta texnikadan foydalaniladi.
Joriy yilgi monitoringga köra, Ğarbiy Qozoğiston viloyatida 2,3 millionga yaqin sayğoq bor. Hisob-kitoblarga qaraganda, 20 foizdan köp bölmagan yoki 460 mingga yaqin sayğoqni bezarar ovlaş mumkin.
Ovlangan hayvonlarning göşti qayta işlaş uçun maxsus korxonalarga yetkazib beriladi.
Ğarbiy Qozoğiston viloyati ma’muriyatining tuşuntirişiça, sayğoq populyatsiyasining nazoratsiz ösişi qişloq xöjaligiga jiddiy zarar yetkazadi va ekologik muvozanatni buzadi. Bu boradagi işlar hukumat qarori asosida barça huquqiy va ekologik me’yorlarga rioya qilingan holda amalga oşirilmoqda.
Qozoğistonda sayğoqlarni otiş 2024 yil fevralida töxtatilgan, şunda amaldorlar sayğoqlar soni yana 40 foizga köpayişini başorat qilgan edi.
Avvalroq Qozoğistonda sayğoqlar populyatsiyasi haddan ziyod köpaygani, mahalliy fermerlar bundan aziyat çekayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Sayğoqlar hatto Rossiya hududlariga köçib ötib, ekinlar, yaylovlar, piçanzorlarni payhon qilayotgani tufayli, rossiyalik fermerlar prezident Vladimir Putindan yordam söragan edi.
Keyinroq, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev qöşni davlatdagi populyatsiyani tiklaş maqsadida Xitoyning ğarbiy qismiga qöyib yuboriş uçun Xitoy hukumatiga 1,5 ming boş sayğoqni sovğa qildi.













