Prezidentning “Özbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga nomzodlarni tanlaş, öqişga qabul qiliş, kursantlarni öqişdan çetlaştiriş va qayta tiklaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga nomzodlarni tanlaş, öqişga qabul qiliş, kursantlarni öqişdan çetlaştiriş va qayta tiklaş tartibi töğrisidagi nizomga köra, oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari kontingentini sifatli butlaş uçun bosqiçma-bosqiç quyidagi tanlaş tadbirlari amalga oşiriladi:

  • harbiy-professional yönaliş;
  • dastlabki tanlaş;
  • test sinovlari.

Bir bosqiçdan muvaffaqiyatli öta olmagan nomzodlar keyingi bosqiçga qöyilmaydi.

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga qabul qiliş tanlov, teng huquqlilik va qabul qilişning yagona qoidalari asosida amalga oşiriladi.

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun nomzodlar prezident qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston fuqarolarining harbiy xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berişi zarur.

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga öqişga kiriş uçun nomzodlar prezidentning “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori talablariga va Qurolli Kuçlar Harbiy tibbiyot akademiyasiga öqişga kiriş uçun nomzodlar prezidentning “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori talablariga javob berişlari kerak.

Nomzodlar, ularning ota-onalari oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kirişidan oldin oliy harbiy ta'lim muassasalari rahbariyati tomonidan öqişni tamomlagaç dastlabki kontrakt talablarini bajarmagani sababli rezervga böşatilişi, kontrakt muddatidan ilgari bekor qilinişi yoki sodir etgan jinoyati uçun ozodlikdan mahrum etilişi holatlarida moddiy mas'ulligi töğrisida yozma ravişda ogohlantiriladi.

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişni sifatli taşkil etiş maqsadida oliy harbiy ta'lim muassasalariga ega bölgan manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda oliy harbiy ta'lim muassasalari qabul komissiyasi taşkil etiladi.