Suv xöjaligi vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oşirildi. Vazirlik saytida ma'lum qilinişiça, Rustam Qarşiyev Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Rustam Qarşiyev 1983 yilda tuğilgan. Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining bakalavriatini 2005 yilda, magistraturasini 2009 yilda tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, selga qarşi va özan rostlaş inşootlari böyiça magistrant.
Rustam Qarşiyev şu paytga qadar Suv xöjaligi vazirligida Suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
U yangi lavozimda Vohidjon Ahmadjonovni almaştirdi. 2020 yil aprelidan vazir örinbosari lavozimida işlab kelgan Ahmadjonovning işdan ketişi sababi rasman ma'lum qilinmagan. Uning iste'fosi oilaviy sabab bilan boğliq bölişi mumkin - 2021 yilning 1 yanvariga ötar keçasi Ahmadjonov oila a'zolari bilan öz avtomobilida Qamçiq dovoni böylab harakatlanayotganida yöl transport hodisasiga uçradi. YTH oqibatida vazir örinbosarining rafiqasi va 3 yoşli qizi vafot etgan, amaldorning özi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgandi.
10 mart kuni Azim Nazarov suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
















