Keça, 15 mart kuni kuni bölib ötgani xalq deputatlari Xatirçi tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov ma'ruza qilib, tumanda sönggi yillarda amalga oşirilgan işlar va yöl qöyilgan kamçiliklar haqida gapirdi.
Hokim tumanda aholi bandligini ta'minlaş, kambağallikni bartaraf etiş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, içki yöllar nosozligi, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta'minotidagi uzilişlar, “mahallabay işlaş” tizimidagi özibölarçiliklar xususida tanqidiy fikrlar bildirgan.

Ta'kidlanişiça, tuman qişloq xöjaligining barça sohalarida, sanoat mahsulotlari işlab çiqarişda xomaşyo zaxirasi böyiça ulkan imkoniyatlarga ega bölişiga qaramasdan, viloyatning köplab tumanlaridan ortda qolmoqda. Şuningdek, yangi iş örinlari taşkil etiş, mahsulot eksporti va boşqa köplab sohalarda zamon bilan hamqadamlik sezilmayapti. Bu kabi salbiy körsatkiçlar esa aholining haqli e'tirozlariga hamda ariza va murojaatlarning köpayişiga sabab bölmoqda.

Keça mazkur sessiyada Xatirçi hokimi lavozimida işlab kelgan Ğofur Aliyev vazifasidan ozod etilib, Toşkent viloyati hokimining turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgan Sayfiddin Nizomov deputatlar tomonidan Xatirçi tuman hokimligiga tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.
















