Öyindan keyin jurnalistlar bilan intervyuda «Turon» boş murabbiyi Islombek Ismoilov özbek futbolidagi hakamlarning qinğir işlari haqida alam bilan aytgan gaplarini eşitgandirsiz.
Uşbu voqea özbek hakamligidagi yaralarni yana yangiladi, deyiş mumkin.
Şu yilning yanvar oyida FIFA va OFK hakami Şerzod Qosimovning uç yil muddatga futboldan çetlatilgani xabar qilingandi. Bunga sabab sifatida Ş.Qosimovning «ÖFA Intizom kodeksining 5.44-bandiga asosan bir qator futbol uçraşuvlarida uçraşuvga yoki uning natijasiga ta'sir ötkaziş maqsadida kelişuvlarda qatnaşgani» körsatildi.
2020 yilning noyabr oyida ham ÖFA uç nafar hakamni (FIFA hakami Jasur Muxtorov, ÖFA hakamlari Asker Najafaliyev va Temur Töxtasinov) futboldan çetlatib, 90, 70 va 10 million sömlik jarimalar qöllagan. Öşanda ham Muxtorov va Töxtasinovga yuqoridagi band bilan bir qator futbol öyinlarida uçraşuvga yoki uning natijasiga ta'sir ötkaziş maqsadidagi kelişuvlarda qatnaşganlik aybi qöyilgandi.
Bundan taşqari, şu yilning 12 fevralida «Futbol sohasida korrupsion holatlarga çek qöyiş böyiça keng kölamli işlar davom ettirilmoqda» sarlavhali xabarda, ÖFA Etika qömitasi yiğilişida ÖFA hakami O.Töyçiboyevni qömita tomonidan ÖFA Intizom kodeksining yana öşa 5.44-bandiga asosan bir qator futbol uçraşuvlarida öyin natijasiga ta'sir ötkaziş maqsadidagi kelişuvlarda qatnaşgani uçun 1 yil muddatga futbol bilan boğliq har qanday faoliyatdan çetlaştiriş haqida qaror qabul qilingani ma'lum qilindi.
Yuqoridagi holatda ÖFAning özi öz saytida bergan xabarda mazkur holatlarni futbol sohasidagi korrupsion holat sifatida e'tirof etgan.
















