O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni qancha? Pensiya jamg‘armasi yangi statistika e'lon qildi
2021 yil 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 3,8 million kishini tashkil etmoqda.
Pensiya jamg‘armasi 2021 yilning 1 mart holati bo‘yicha respublikadagi jami pensiya va nafaqa oluvchilar sonini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, mart boshida jami pensiya oluvchilar 3,4 million kishini, nafaqa oluvchilar esa 410,5 ming kishini tashkil etdi.
Pensiya oluvchilar bo‘yicha raqamlar
2021 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan pensiya oluvchilarning umumiy soni 2021 yil mart holatiga 39,6 ming nafar (0,4 foiz)ga ortdi.
Shundan. yoshga doir pensiya oluvchilar soni 21,8 ming, nogironlik pensiyalari 4,3 ming, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar soni 3,5 mingtaga ortdi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yoshga doir pensiya oluvchilar 2,8 million kishi, nogironlik pensiyasi oluvchilar 390,8 ming kishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar 192,5 mingtani tashkil etmoqda.
Nafaqa oluvchilar bo‘yicha raqamlar
2021 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan jami nafaqa oluvchilar soni 2021 yil 1 mart holatiga 9,9 ming nafar (0,3 foiz)ga ortdi. Shundan yoshga doir nafaqa oluvchilar soni 2,3 ming kishiga, nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 6,5 ming kishiga va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchi oilalar soni 1 ming 32 taga ortgan. Joriy yilning yanvar–fevral oylarida 11,5 mingta yangi nafaqalar tayinlangan.
Ma'lum qilinishicha, mart boshida O‘zbekistonda nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 328,9 ming kishi, yoshga doir nafaqa oluvchilar 45,1 ming nafar, boquvchisini yo‘qotgan nafaqa oluvchilar (oilalar) 36,4 mingtani tashkil etmoqda.
Erkaklar va ayollar ulushi
Pensiya jamg‘armasi statistikasida respublikadagi pensiya va nafaqa oluvchi jami erkak va ayollar ulushi ham keltirilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mart oyi boshida jami pensiya va nafaqa oluvchi erkaklar 1,6 millionni (43,2 foiz) tashkil etmoqda. Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchi ayollar jami 2,1 millionga (56,8 foiz) yetdi.
Avvalroq, 2021 yil 1 yanvar holati bo‘yicha mamlakatda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,8 million ekani xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, Pensiya jamg‘armasining 2020 yil uchun daromadlar rejasi 20,1 trillion so‘m bo‘lib, ijrosi 20,5 trillion so‘mni (shundan soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 176,2 milliard so‘mni) tashkil etgan.
2021 yilda esa jami pensiya va nafaqalar uchun 36,5 trillion so‘m mablag‘ xarajat qilish rejalashtirilgani, buning 23,5 trillion so‘mi daromadlar, 14,7 trillion so‘mi davlat budjetidan transfert olish hisobiga qoplanishi ma'lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 fevraldan ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshirilgan edi. 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab esa pensiya va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilgan.
Mavzuga oid
11:03 / 08.06.2024
Putin ishlayotgan fuqarolarga pensiya indeksatsiyasini qaytarishni taklif qildi
21:54 / 01.05.2024
Eng kam pensiyalar minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi
13:18 / 04.05.2021
2022 yil 1 iyuldan pensiya tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi
16:57 / 15.04.2021