Yangi turdagi hisoblagiçlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş loyihasini amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4840-sonli qaroriga asosan örnatilmoqda.
Ayni kunlarda Samarqand şahridagi aholi xonadonlariga elektron gaz hisoblagiçlarni örnatiş işlari kengaymoqda.
Şahardagi 69 ta mahallaga elektron hisoblagiç örnatiş uçun 100 ga yaqin guruh jalb etilgan. Jumladan, Xöjağunjoyiş mahallasida 570 ta, Xalifa Ibrohim mahallasida 180 ta, Ğiyosiddin Jamşid mahallasida 190 ta, Toşkandiy-2 mahallasida 150 dan ortiq aholi xonadonlariga aqlli hisoblagiçlar örnatib bölindi.

«Toşkent» MFY raisi Alişer Qurbonovga köra, kommunal sohada raqamlaştirişning joriy etilişini mahalla ahli qöllab-quvvatlamoqda. Çunki bu tizimda qarz yuzasidan çalkaşlik bölmaydi. Nazoratçi qarzni «qistab» kelişiga hojat yöq. Tölov aniq iste'mol qilingan gazga qarab amalga oşiriladi. Mahalla ahli içimlik suvini ham onlayn nazoratini işlab çiqiş kerak, degan taklifni ilgari surgan.
«Samarqandshahargaz» gaz ta'minoti bölimi boşliği örinbosari Musurmon Jalmatovning aytişiça, mazkur yangilikning töliq joriy etilişi aholini gaz bilan ta'minlaşni sezilarli darajada oşiradi. Çunki aniq hisob-kitob tizimi iste'molçilarda gaz sarflaş mas'uliyatini oşiradi.
«Hisoblagiç örnatilgan iste'molçilar tölovlarni öz vaqtida amalga oşirişni odat qilmoqda. Keyinçalik hisoblagiç aholini tabiiy gazdan tejab foydalanişga örnatadi. Bu bilan tabiiy gaz yetib bormaydigan xonadonlarga gaz yetkazib beriş imkoniyati tuğiladi», – deydi u.
«Hududgaz Samarqand» gaz ta'minoti filiali
Matbuot xizmati

















