Yangilaniş, yaşariş ramzi bölmiş Navröz ayyomi ölkamizga qadam bosdi. Bahor tarovatini özi bilan olib keluvçi bu bayram har birimizning ongu tafakkurimizga çuqur singib ketgan va har bir mahallada, har bir oilada xursandçilik, şodu xurramlik bilan nişonlanadi.

Yurtimizning har çetida mahalladoşlar birgalikda yiğilib xuşböy «jağ-jağ» va boşqa bahoriy kökatlardan mazali taomlar tayyorlaydi. Milliy taomlarimizga boy dasturxon atrofida qöni-qöşni, döstu birodarlar yiğiladi. Azaldan ota-bobolarimizdan bizga meros bölib qolgan milliy öyinlarimiz – kuraş, arqon tortiş, uloq-köpkari esa bayramona kayfiyatni yanada kötaradi. Bahor faslining asosiy taomi – lazzatli sumalaksiz esa Navrözni tasavvur qiliş ham qiyin. Şarqona yangi yilni öz közi bilan körgan, milliy urf-an'analarimiz bilan tanişgan har bir mehmon bu şodlikni, quvonç hissini bir umrga eslab qolişi şubhasizdir. 

Bu ajoyib kunda Artel barçangizni Navröz ayyomi bilan çin yurakdan muborakbod etadi. Barçangizga tinçlik-osoyiştalik, xonadoningizga fayz-baraka, oilangizga baxt-saodat tilaydi. Bahor fasli nafaqat oyna ortida, balki qalbingizda ham doimo hukm surişini tilab qoladi. Barça ezgu niyatlaringiz, tilaklaringiz amalga oşsin, omad esa Sizga doimo yor bölsin. Navrözi olam muborak.

Reklama huquqi asosida