Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining “Raqamli kutubxona”sini (Digital library) taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Talabalar va izlanuvçilar uçun jahon va respublika ilmiy-ta'limiy axborotlariga ega böliş imkoniyatini oşiriş hamda raqamli resurslardan foydalaniş uçun şaroit yaratiş maqsad qilingan.

Respublika axborot kutubxona markazi bazasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining “Raqamli kutubxona”(Digital Library)si taşkil etiladi.

Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Respublika axborot kutubxona markazining Toşkent şahri, Yunusobod tumani, Boğişamol köçasi, 7-uyda joylaşgan bino va inşootlarini operativ boşqaruv huquqi bilan, şuningdek, ular moddiy-texnika vositalari va axborot texnologiyalariga oid jihozlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga kelgusida universitet “Raqamli kutubxona” (Digital Library)sini joylaştiriş maqsadida tekin beriş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

Quyidagilar “Raqamli kutubxona” (Digital Library)ning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • universitet va uning filiallari öquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot işlarini zamonaviy ilmiy-öquv resurslari bilan ta'minlaş;
  • tadqiqotçilar va talabalar uçun ilm va ta'limga oid elektron bazalar yaratiş hamda axborotlarni izlaşda sun'iy intellekt texnologiyalari joriy etiş böyiça ilmiy-tadqiqot olib boriş uçun zamonaviy şart-şaroitlar yaratiş;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid zamonaviy xorijiy ilmiy ma'lumotlar bazalaridan ma'lumot qidiriş va ulardan ilmiy tadqiqot işlarida samarali foydalaniş böyiça axborot xizmatlarini yölga qöyiş;
  • axborot-kutubxona xodimlarining raqamli kutubxona loyihasi doirasida malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi 2021/2022 öquv yilidan boşlab universitetda Elektron kutubxona bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça kadrlar tayyorlaşni yölga qöyadi.