Norma’ning yozişiça, qaror bilan Adliya vazirligi, Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Quriliş vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi hamda texnik jihatdan tartibga soliş sohasida öz vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oşiruvçi davlat boşqaruvi organlari va xöjalik birlaşmalarining texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni yalpi xatlovdan ötkaziş va tizimlaştiriş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Quyidagilar texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlaştirişning ustuvor yönalişlari etib belgilandi:
- ortiqça byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etiş, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga soliş yukini kamaytiriş, texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni maqbullaştiriş;
- texnik jihatdan tartibga soliş sohasida eskirgan va öz ahamiyatini yöqotgan normativ hujjatlarni qayta körib çiqiş va bugungi kunda amalga oşirilayotgan islohotlarga uyğunlaştiriş;
- jismoniy va yuridik şaxslarning texnik jihatdan tartibga soliş bilan boğliq muammolarini tahlil qilib boriş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş orqali texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni takomillaştiriş;
- texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro norma va standartlarga muvofiqlaştiriş.
Hujjat bilan Texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlaştiriş böyiça idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Quyidagilar komissiya asosiy vazifalari etib belgilandi:
- komissiya tarkibiga kiruvçi davlat organlari va boşqa taşkilotlar özaro kelişilgan holda faoliyat yuritişini ta'minlaş;
- loyiha ofisini taşkil etiş, uning faoliyatini muvofiqlaştiriş va metodik yordam körsatiş;
- texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlaştiriş, tahlil qiliş, qayta körib çiqiş va zaruratga qarab yangilaş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;
- texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi vakolatli davlat organlarining mahsulotlar, işlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablar belgilaş, qöllaş va bajariş bilan boğliq faoliyatiga kömaklaşiş;
















