Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori loyihasi işlab çiqildi.
Hujjat Vazirlar Mahkamasining 10.02.2021 yildagi «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi 61-son qarori bilan tasdiqlangan «Yöl xaritasi»ning ijrosini ta'minlaş maqsadida tayyorlandi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
- loyihani lingvistik ekspertizadan ötkazişning asosiy maqsadi va vazifalari;
- lingvistik ekspertizaga qöyiladigan asosiy talablar;
- ekspertiza ötkaziş tartibi;
- ekspertning huquq va majburiyatlari.
NHHlar loyihalarining lingvistik ekspertizasi loyiha matni davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini tekşiriş maqsadida işlab çiquvçi tomonidan yoki jalb etilgan ekspertlar tomonidan ötkaziladi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab NHHlarning loyihalari lingvistik ekspertizadan ötkazilganidan söng jamoatçilik muhokamasidan ötkaziş uçun joylaştiriladi.

















