Adliya vazirining buyruği Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlaş va qabul qiliş qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Özgartirişlar "Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida"gi qonun, prezidentning 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son "Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni hamda 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida"gi qaroriga muvofiq kiritilmoqda.
Xususan:
- vazirlik va idoralar, agar ularga qonunlar, prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegişli hujjatni qabul qiliş yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soliş böyiça vakolat berilgan bölsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni (NHH) qabul qilişlari mumkin;
- qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, prezident farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajariş yuzasidan idoraviy NHH qabul qiliş muddati, agar boşqa muddat belgilanmagan bölsa, bir oydan oşmasligi lozim;
- buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qiliş yakka tartibda amalga oşiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi;
- qarorlar davlat qömitalari va idoralar nomidan qaror qabul qiliş kollegial organlari tomonidan amalga oşiriladigan davlat qömitalari yoki idoralar tomonidan qabul qilinadi;
- ikki yoki undan ortiq vazirlik va idoralarning idoraviy NHH qarorlar tarzida qabul qilinadi;
- idoraviy NHH loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi natijalari yuzasidan korrupsiyaviy omillarni aniqlaş böyiça çeklist töldiriladi va Adliya vazirligiga idoraviy NHH bilan birga taqdim qilinadi;
- qonunçilik hujjatlariga muvofiq kelişilişi majburiy bölgan hollarda yoki idoraviy NHH loyihasida boşqa vazirlik va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qiluvçi normalar mavjud bölsa, idoraviy NHH loyihasi yagona elektron tizim orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelişilişi lozim. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar tomonidan u taqdim etilgan kundan boşlab beş iş kuni içida e'tirozlarsiz kelişilişi yoki asoslantirilgan e'tirozlar bilan qaytarilişi kerak.

















