Ma'lum bölişiça, 22 mart kuni soat 09:50larda, Farğona şahar hududidan ötgan 4R-143 “Farğona—Quvasoy” avtomobil yölining 1-kilometrida, I.Karimov va Kiçik halqa avtomobil yöli köçalari kesişgan çorrahada, 1997 yilda tuğilgan haydovçi R.F. boşqaruvidagi “Cobalt” rusumli yengil avtomobil boşqa bir haydovçi 1968 yilda tuğilgan T.M. boşqaruvida bölgan “MAN TGA 18480” rusumli neft taşuvçi maxsus yuk avtomobili iştirokida töqnaşuv sodir etgan.

Oqibatda, “Cobalt” rusumli avtomobil haydovçisi R.F. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Respublika IIV YHXBB axborot xizmatining ma'lum qilişiça, hozirda mazkur YTH yuzasidan Farğona şahar IIO FMB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.