Tanzila Norboyeva odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlaş, jinoiy ta'qib qiliş, javobgarlikka tortiş, jabrlangan şaxslarni himoya qiliş mexanizmi yaxşi işlamayotgani, odam savdosiga oid jinoyatlar statistikasini sun'iy ravişda kamaytirişga uriniş bölayotganini qoraladi.
«Odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlaş, jinoiy ta'qib qiliş, javobgarlikka tortişni ta'minlaş va uşbu toifadagi jinoyatlardan jabrlangan şaxslarni himoya qiliş borasidagi işlar mexanizmi samarali yölga qöyilmagan. Misol uçun, 2020 yilda odam savdosi jinoyati bilan boğliq kelib tuşgan 1 029ta murojaatdan bor-yöği 93tasi, ya'ni 9 foizi böyiça jinoiy iş oçilib, 129 nafar aybdorga nisbatan qonuniy çora körilgan.
Bu körsatkiçlar 2019 yilga qaraganda yanada kamaygan. Bularni saralab emas, hammasini jinoiy javobgarlikka tortiş kerak. Nima uçun bularni xaspöşlayapmiz.
Mazkur jinoyatlardan jabrlangan şaxslarning 92 nafariga Respublika reabilitatsiya markazi tomonidan amaliy yordam körsatilgan bölib, bu körsatkiç ham 2019 yilga nisbatan 2,4 baravarga kamaygan.
Xalqaro taşkilotlar va AQŞ Davlat departamenti ma'lumotlarida ham respublikada odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlaş, uşbu jinoyatga aloqador bölgan şaxslarni javobgarlikka tortiş borasidagi körsatkiçlar 6 yildan buyon kamayib borayotgani tanqid qilinmoqda», dedi Senat raisi.
Şuningdek, u bu kabi jinoyatlarning kamayişi iş yaxşi yölga qöyilganini anglatmasligini, jinoyatlarni oçiş bugunning asosiy prinsipi ekanini ta'kidlagan.
«Biz özimizça öylayapmizki, kamaytirib aytsak işimizga beş baho beriladi, bizni maqtaşadi deb. Lekin faktlar bor, şunga asosan jinoiy javobgarlik belgilaş mumkin-ku. Nima uçun qöllamayapmiz, kimdan gap eşitişdan qörqyapmiz. Hozir jinoyatlar köpaysa gap eşitiladigan zamon emas, balki jinoyatlarni oçiş asosiy prinsip hisoblanadi.
Xalqaro taşkilotlar hisobotlarini tayyorlaşda statistik raqamlarni nafaqat bizdan, balki turli nodavlat notijorat taşkilotlardan ham oladi. Ularning ma'lumotlari va huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlar raqamlari taqqoslanganda farq körinib qoladi», dedi Senat raisi.
















