9,2 mlrd so‘mlik qalbaki dorilarni qadoqlab sotishga uringan shaxslar bojxonachilar tomonidan qo‘lga olindi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda mo‘may daromad ketidan quvib insonlar sog‘ligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan shaxslarning qing‘ir qilmishlariga chek qo‘ydi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida sifati kafolatlanmagan, shuningdek, qalbakilashtirilgan dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy realizatsiyasi bilan shug‘ullanib kelayotgan uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi. Jumladan, mazkur tumandagi xonadonlardan biri belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, bu yer xonadon emas, aksincha o‘ziga xos yashirin savdo plaftormasi ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Bu yerda tezkor aloqa liniyasi – “Sall Centre” tashkil qilingan bo‘lib, 150 nafarga yaqin aloqa operatorlari sifati kafolatlanmagan dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni mijozlarga o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Tezkor tadbir davomida xonadonda ya'ni dorixonadan tashqari hududda kelgusida sotish uchun mo‘ljallab qo‘yilgan 96 622 dona dori vositalari va tibbiy buyumlar, 72 902 quti biologik faol qo‘shimchalar qonunga xilof ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.
Mazkur dori va qo‘shimchalar jinsiy quvvatni oshiruvchi, ozdiruvchi, semirtiruvchi, gijjalarga qarshi, yurak faoliyatini yaxshilovchi va boshqa maqsadlar uchun ko‘zlangan. Ayanchlisi shundaki, xonadondagi qadoqlovchi uskunalar, yarim tayyor mahsulotlar va bo‘sh qutilarni ko‘rib xulosa qilsa bo‘ladiki, mazkur dori va biologik faol qo‘shimchalar shu yerning o‘zida bo‘sh qutilarga qadoqlangan, qutilar uchun yorliqlar, qo‘llash uchun yo‘riqnomalar ham shu yerdagi rangli printerda chop qilingan.
Bundan tashqari kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan, tabletka, kukun va boshqa turli shakllardagi moddalardan qo‘lbola usulda qadoqlangan dori va biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy realizatsiyasida faol ishtirok etgan shaxslar ham turli darajada rag‘batlantirib kelingan. Shu maqsadda xonadonda sovg‘a uchun mo‘ljallangan – 5521 dona tovarlar – parfyumeriya vositalari, oshxona anjomlari, telefon aksessuarlari va boshqalar saqlanayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari “Sall Centre” faoliyatida foydalanib kelingan 202 ta monitor, 196 ta protsessor, 10 ta noutbuk, 1 dona rangli printer, tovarlarga tegishli yuk xatlari, noqonuniy savdo qayd qilib borilgan hisob daftarlari ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir natijasida dastlabki qiymati 9 mlrd 179 mln so‘mlik dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar va boshqa tovar-moddiy boyliklar vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
O‘zbekiston | 13:34
-
Addinol urush boshlanganidan beri Rossiyada o‘z daromadlarini oshirdi
Jahon | 12:55
-
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi
O‘zbekiston | 12:38
Mavzuga oid

22:12 / 06.06.2025
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi

11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

14:01 / 27.12.2024